Shavkat Umrzoqov “Maxsustrans” rahbarini jazoladi
Jamiyat
−
09 avgust 2023
14148Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov “Maxsustrans” Unitar korxonasi boshlig‘i Kamoliddin Jamoliddinovich Nabiyevga “hayfsan” berdi. Bu haqda Adliya vazirligi yagona elektron tizimi platformasida ma’lum qilindi.
Unda yozilishicha, Kamoliddin Jamolidinovichga Toshkent shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari joriy yil 4 avgustdagi bildirgisiga asosan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar bilan bog‘liq topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi uchun “hayfsan” berilgan. Bu farmoyish bugun, 9 avgust kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov tomonidan tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 avgust kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov ham bir guruh SSV tizmiga ishlab kelayotgan xodimlarni ishdan bo‘shatib, ba’zilariga “hayfsan” bergan edi.
LiveBarchasi