Shavkat Umurzoqov bekatlarni tartibga solishga va’da berdi (video)
Jamiyat
−
09 aprel 2023
13224Kecha, 8 aprel kuni Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev Xitoydan kelgan yangi avtobuslardan birida harakatlandi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
E’lon qilingan ushbu videodan ko‘rish mumkinki, avtobusda bir ayol transportga bolalar aravachasi bilan chiqish juda qiyinligini aytib shikoyat qilgan.
Bunga javoban Umurzoqov bekatlarni avtobus poli balandligigacha to‘g‘rilanishini, xorijdan mutaxassislar chaqirilgani va katta ishlar ketmoqdaligini aytib o‘tgan.
Shuningdek, u shikoyat qilgan ayolga bekatlar oldida suv to‘planishi ham bartaraf etilishini, sabr qilib turish kerakligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi