O‘zbekistonda koronavirus sabab 2100 kishi nazoratga olingan
Jamiyat
−
17 mart 2020
18588O‘zbekistonda koronavirus sabab 2100 odam nazoratga olindi. yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qilmoqda.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy tekshirish institutiga joylashtirilgan. Tegishli davolash muolajalarini olmoqda.
“Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat nazoratda. Shu paytgacha mamlakatimizda 7 ming 900 dan ko‘p odamga karantin choralari belgilangan. Ularning 5 ming 300 nafarga yaqiniga karantin tadbirlarini o‘tab bo‘lgani va kasallik belgilari bo‘lmagani uchun javob berilgan. Hozirgi kunda 2100 odam nazoratda turibdi”, deydi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Fransiyadan kelgan bemor va uning to‘rt nafar oilasi a’zosi, Parij-Toshkent reysida kelgan yana bir yo‘lovchida, Turkiyadan qaytgan ikki kishida va ulardan birining bir nafar oila a’zosi, shuningdek Londondan qaytgan yo‘lovchida koronavirus aniqlangan.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 182 764 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 7174 nafar bemor vafot etgan, 79 884 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi