O‘zbekiston grant asosida xorijga ketib, qaytmagan “Umid”chilarni qaytara oladimi?

Intervyu

“Chet elda ishlayotgan kadrlarimizning aksariyati yangi yil arafasida yaqin qarindoshlarini ko‘rish uchun, albatta, kelishadi. Bu imkoniyatdan biz ham unumli foydalanamiz. Yaqindan tanishib olamiz. Ular ham “Umid” jamg‘armasida o‘qib, hozirda O‘zbekistonda davlat tashkilotlarida ishlayotgan kadrlardan bilan o‘zaro fikr almashishlari mumkin bo‘ladi”, deydi Sherzod Shermatov QALAMPIR.UZ mikrofoni qarshisida. 

Sherzod Shermatov  suhbatda 2020 yilning 3-4 yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilarining “Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari” mavzusidagi birinchi xalqaro konferensiyasi haqida so‘z ochdi.

“Mazkur konferensiya qayerda bo‘ladi, mavzulari qanday, unda qatnashish uchun qay tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi va boshqa savollarga to‘liq ma’lumotlar berilgan. 

O‘zbekistonda Prezident boshchiligida yangilanish jarayoniga o‘tish ustida ishlar olib borilmoqda. Yangilanish jarayoniga o‘tish uchun yangicha fikrlaydigan kadrlar kerak. Tan olishimiz kerak, ko‘p kadrlarimiz chet elda yurishibdi. Internet orqali ko‘rish boshqa, haqiqiy hayotda kelib, o‘zgarishlar rostan ham bo‘lyaptimi yoki yo‘q o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani boshqa. Nima qilsam, O‘zbekiston rivojlanishi uchun o‘z hissamni qo‘sha olaman, degan savolga javob olish uchun o‘tkazilayotgan konferensiya ular uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning 3-4 yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘ladigan “Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari” mavzusida “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi xalqaro konferensiyasi haqida to‘liq ma’lumot ushbu manzilda berilgan. 

“Umid” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 1997-2003 yillar mobaynida bir necha salohiyatli, ilmli kadrlar xalqaro oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun “Umid” jamg‘armasi granti orqali ketishgan. Biroq ularning aksariyati ayrim sabablarga ko‘ra xorijdan qaytgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Shermatov

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing