Yunusobodda maktab oldida bola o‘g‘irlashga urinish bo‘ldi – XTV

Jamiyat

image
IIBB Yunusoboddagi pedofil haqidagi xabarlarga izoh berdi north_east

IIBB Yunusoboddagi pedofil haqidagi xabarlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab atrofida bola o‘g‘irlashga urinish holati haqidagi ma’lumotlar tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21 oktyabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida, taxminan soat 13:10 da bola o‘g‘irlashga urinish ro‘y bergan.

Maktab o‘quvchilariga hech qanday ziyon yetmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, ushbu voqea yuzasidan yakuniy ma’lumot surishtiruv ishlari tugagach taqdim etiladi.

“Ota-onalar diqqatiga! Barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchi xavfsizligi uchun kerakli choralar ko‘riladi. Sizlardan farzandingizni maktabdan uyga yetib olishini o‘z nazoratingizga olishingizni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati ham mazkur holat yuzasidan axborot bergandi. Biroq unda voqea 20 oktyabr kuni yuz bergani ta’kidlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod maktab bola o'g'risi

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing