IIBB Yunusoboddagi pedofil haqidagi xabarlarga izoh berdi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
9548Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Spark haydovchisi bo‘lgan yigit voyaga yetmagan bolalarga katta qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi va shaharda pedofil paydo bo‘lgani haqidagi asossiz taxminlarni rad qildi.
Bu voqea joriy yilning 20 oktyabr kuni yuz bergan. Voqea joyiga IIBB PPX va Milliy gvardiya xodimlari yetib borgan. Jabrlanuvchi sifatida hech kim murojaat qilmagan.
Spark avtomobili haydovchisi haqida quyidagilar ma’lum qilindi. Haydovchi 19 yoshli X.Sh. bo‘lib, u kichik bolani ko‘rganda Yunusobod tumanidagi maktab oldida 17 yoshli do‘sti U.O.ni kutib turgan bo‘lgan.X.Sh. ko‘chada uzoq vaqt turgani uchun bolkayni uyiga olib borib qo‘yishini taklif qilgan.
Shu vaqtda fuqarolardan kimdir 102 ga qo‘ng‘iroq qilgan. Shu sababdan IIBB turli asossiz xabarlar tarqatmaslikka chaqirgan.
LiveBarchasi