Byudjet tashkilotlarida maoshlar vaqtincha qisqartiriladi
Jamiyat
−
16 aprel 2020
47395O‘zbekistonda sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo‘shimcha binolar quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasi barcha darajadagi byudjetlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari xarajatlarini maqbullashtirish;
2020 yil II choragi uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlarni 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazish orqali karantin davrida barcha darajadagi byudjetlarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag‘batlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltirish vakolati berildi.
Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalari joriy yil 1 avgustiga qadar byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘xtatadi. Moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish uchun ularning biznes-rejalari qayta ko‘rib chiqiladi hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar 2019 yil uchun olingan va 2020 yilda olinadigan sof foyda bo‘yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni to‘lig‘icha Davlat byudjetiga o‘tkazadi.
Vazirlar Mahkamasiga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi berildi.
Bundan tashqari, joriy yil 1 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, sud va prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamg‘armalar uchun yagona mehnatga haq to‘lash tizimi joriy etiladi. Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinadi.
Izoh. Yagona mehnatga haq to‘lash tizimi joriy etilishi idoraviy mansubligiga qarab turli miqdorda bo‘lgan oylik-maoshlar bir xillashtiriladi va katta ehtimol bilan ko‘plab idoralar xodimlari oyliklari kamayadi.
LiveBarchasi