Byudjetni taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayapti – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekistonda byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayapti. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘z ochdi.

Yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, Davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi. Bu muhim vakolat deputatlar zimmasiga katta mas’uliyat ham yuklaydi. 

Prezident birinchi galda palataning Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirishning vaqti-soati kelganini ta’kidladi. Jumladan, Hukumatning davlat byudjetiga doir barcha hisobotlarini palataga faqat Byudjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyotiga o‘tish kerak.

Bundan tashqari, davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qo‘mitalari rolini oshirish ham muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayotgani, yangi saylangan deputatlar ushbu masalaga alohida yondashishi zarurligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Mirziyoyev Oliy Majlisda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev byudjet Oliy Majlis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing