Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
Jamiyat
−
08 noyabr
26982024 yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga – byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi. Bu 7 noyabrdagi hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga byudjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida”gi Vaqtinchalik Nizomda belgilangan.
2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
- 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda – byudjetga to‘langan soliqning 40 foizi;
- 60 foizdan kam bo‘lganda – byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli ekani qayd etilgan.
Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
- hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to‘liq to‘langanda;
- hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.
Vaqtinchalik nizom 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi