O‘zbekistonda quriladigan AESning ishlatib bo‘lingan yoqilg‘isi qayerga yuborilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda quriladigan AESda ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi. Radioaktiv chiqindilar respublikada saqlanadi.

Qayta ishlash jarayonida qimmatli yadroviy material chiqariladi, qolgani esa bug‘lash va presslash orqali qattiq agregat holatga keltiriladi va O‘zbekistonga qaytariladi.  

Bu mexanizm O‘zbekiston va Rossiya a’zo bo‘lgan Yadroviy qurolni tarqalmaslik to‘g‘risida Shartnoma (1968 yil 1 iyul), Yadroviy qurilmalarni va yadroviy materialni jisman himoya qilish to‘g‘risida Konvensiya (1979 yil 26 oktyabr),  Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi to‘g‘risidagi va va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada bo‘lish xavfsizligi haqidagi birlashgan Konvensiya (1997 yil 5 sentyabr) kabi qator xalqaro shartnomalar bilan ko‘zda tutilgan.

2018 yil sentyabr oyida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov AES qurilishida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimni imzolagandi.

Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli ikkita energoblok qurish rejalashtirilgan.

O‘tkazilgan ilmiy izlanishlardan so‘ng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzkon ko‘li yaqinidagi hudud tanlangan.

Hozir bu maydonda AES qurilishi uchun tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

AESni 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu bilan respublikada yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston AES

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing