Shomurodovga xaridor chiqdi. “Rostov” uni sotmoqchi emas
Sport
−
08 avgust 2019
9471Moskvaning SSKA klubi “Rostov”dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni sotib olmoqchi. Bu haqda “Betting Insider” klubga yaqin manbalarga tayanib xabar berdi.
SSKA Fedor Chalovni qo‘yib yuborsa, Shomurodov transferini amalga oshiradi. Biroq “Rostov” hozircha o‘yinchisini qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, “Kristal Pelas” klubi Chalov uchun 23 mln funt taklif qilgan. Hujumchining agenti muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Shomurodov Rossiya Premer ligasining yangi mavsumida 4 o‘yinda 3 ta gol urdi.