Shomurodov AQSH klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist O‘g‘uz O‘ruch ma’lum qildi.

MLS vakili “Sent-Luis Siti” klubi “Istanbul Bashakshexir” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Turkiyalik jurnalistning ma’lum qilishicha, Amerika klubi 31 yoshli o‘zbekistonlik hujumchini transfer qilishni istamoqda. Hozircha “Sent-Luis Siti” va “Bashakshexir” o‘rtasida kelishuvga erishilgani yoki amerikalik klub rasmiy taklif yuborgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Shomurodov 2025-2026 yilgi mavsumda “Bashakshexir” safida ijara asosida harakat qildi. U Turkiya Superligasida 32 ta uchrashuvda 20 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan holda chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. O‘zbekistonlik hujumchi 2026 yil aprel oyida “Bashakshexir”ga to‘liq transfer qilindi. Klub bilan uning shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi yangi mavsum 1-turida “Kojaelispor” darvozasiga gol urgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing