Jizzaxda kafe elektrdan o‘g‘rincha foydalangan
Jamiyat
−
05 Sentabr 2019
4694Jizzaxda energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh qilindi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O.F.I” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida energiya resurslaridan foydalanish holati o‘rganilganda noqonuniy holat aniqlandi.
Ya’ni, MCHJning elektr hisoblagichdagi zavod tomonidan o‘rnatilgan golografik muhr va kafolat yorlig‘i buzilganligi, ichki xotira bloki almashtirib, boshqa hisoblagichning ichki xotira bloki o‘rnatilganligi oshkor bo‘ldi.
Bu orqali umumiy ovqatlanish shoxobchasi elektr energiya iste’molini yashirishni maqsad qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 185-2–moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli ixtiyoriy zararni qoplash uchun 30 kunlik muddat berilgan.
Belgilangan muddatlarda 49 million 572 ming so‘m zarar ixtiyoriy ravishda qoplangan va to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan tugatilgan, ya’ni, shaxsning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli yoxud belgilangan muddat ichida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanganligi va (yoki) jinoyat oqibatlari bartaraf etilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinishi nazarda tutilgan.
LiveBarchasi