Koronavirus sabab dzyudo bo‘yicha barcha litsenzion musobaqalar bekor qilindi

Sport

image

Ayni paytda butun dunyoga xavf solayotgan koronavirus sabab, ko‘plab xalqaro turnirlar bekor qilinmoqda. Jumladan, may oyiga qadar dzyudo bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Gran-pri, Katta dubulg‘a turnirlari ham o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasi ma’lum qilmoqda. 

Bir necha kundan so‘ng start olishi kerak bo‘lgan Yekaterinburg Katta dubulg‘a turniri ham bekor qilindi. Xabarda ma’lum qilinishicha, bunday qarorga kelinishiga sabab, avvalo, sportchilarning sog‘lig‘ini saqlashdir.

Ma’lumot o‘rnida, aprel oyida Gruziyaning Tbilisi hamda Turkiyaning Antaliya shaharlarida Gran-pri turnirlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham Hukumat ko‘rsatmasi va tavsiyasiga binoan Respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to‘xtatilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo Koronavirus

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing