Si Szinpin KXDRga boradi
Jamiyat
−
17 iyun 2019
4233Joriy yilning 20 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi. XXR raisining tashrifi ikki kun davom etadi. Bu haqda "Reuters" xabar tarqatdi.
Xitoy Shimoliy Koreyaning yagona asosiy ittifoqchisi hisoblanadi. Si Szinpinning tashrifi KXDRning AQSH bilan denuklearizatsiya masalasi o‘z yechimini topa olmayotgan bir vaziyatda amalga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen In Xitoyga bir necha marta tashrif buyurgan. U AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun ham Xitoy orqali Vetnamga borgandi.