Paradzyudochilar ikkita oltin, bitta kumush medalni jamg‘ardi
Sport
−
23 Sentabr 2019
3159Bugun, 23 sentyabr kuni paradzyudo bo‘yicha IBSA Toshkent-2019 Gran-pri turniri birinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik paradzyudochilar 2 ta oltin 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Jumladan 60 kilogramm vaznda erkaklar bellashuvida o‘zbekistonlik Sherzod Namozov finalda ruminiyalik sportchiga yutqazib qo‘ydi va kumush medalga ega bo‘ldi.
52 kilogrammda ayollar bellashuvida o‘zbekistonlik Sevinch Salayeva bronza uchun bahsda yutqazdi.
Erkaklar o‘rtasidagi 66 kilogramm vaznli polvonlar bahslarida o‘zbekistonlik Uchqun Quranbayev finalda ozarboyjonlik raqibini yengib Gran-pri oltin medalini qo‘lga kiritdi.
57 kilogramm vaznli ayollar bellashuvida o‘zbekistonlik Samandarova Parvina ozarboyjonlik Sevda Valiyeva bilan finalda turnir g‘olibligi uchun kurashdi.
Unda Parvina og‘rituvchi usul qo‘llab raqibasini mag‘lub etdi va Gran-pri g‘olibasiga aylandi.
24 sentyabr musobaqaning ikkinchi kungi bahslari o‘tkaziladi. Unda erkaklar -81, -90, -100 va +100 kilogramm; ayollar -63, -70, +70 kilogramm vaznda tatamiga tushadi.
LiveBarchasi