MAK samolyotda namoyish qilingan behayo kadrlarga munosabat bildirdi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot bortida namoyish qilingan “Elisnikida mehmonda” (ingliz tilida “Home Again”, AQSH, 2017) filmidan video parcha paydo bo‘ldi. Kadrda qahramonlar bir-biridan bo‘sa olayotgani tasvirlangan.

Mazkur xabarlar ortidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi rasmiy munosabat bilan chiqdi.

“Parvoz vaqti samolyot bortida film ko‘rib ketish vaqtni o‘tkazishning muhim bir jihati hisoblanadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi namoyish qilinadigan filmlarni tanlash masalasiga juda jiddiy yondashadi. Videodasturlar asosan O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilgan klassik komediya va tarixiy, oilaviy, animatsion, melodramaladanr h.k. shakllantiriladi.

Videodasturlarni ishlab chiqishga alohida talablar qo‘yiladi, bunda havo kemasi bortidagi yo‘lovchilarga zo‘ravonlik, qotillik, terror, hayvonlarni xo‘rlash, halokatlar, portlashlar va boshqa shok holatlariga soladigan sahnali kadrlari mavjud filmlar ko‘rsatish yo‘l qo‘yilmaydi. Shunday qilib, tanlangan kontent turli ta’bli yo‘lovchilar toifasi uchun tanlangan (kattalar, o‘smirlar va bolalar) va belgilangan vaqtda yangilanib turadi. 

Yuqorida zikr etilgan “Elisnikida mehmonda” filmi MPAA PG-13 xalqaro reytingi sohibi bo‘lib (13+ yoshidagilarga mo‘ljallangan) va kino tanqidchilarining ko‘p sonli ijobiy taqrizlariga sazovor bo‘lgan. Uning mazmuni “pornografiya mahsuloti” yuridik tavsif atamasiga mos kelmaydi, shu munosabat bilan xabarlarda mazkur atamani qo‘llanishini noo‘rin deb hisoblaymiz”, deyiladi MAK xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot O'zbekiston havo yo'llari

Baholaganlar

199

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing