AQSHda samolyot qulab tushdi. Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi
Olam
−
12:40 1791 1 daqiqa
Kecha, 4 oktyabr kuni Bermuda ollaridan Bostonga uchayotgan tibbiy samolyot Nantaket qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchradi. Bortdagi olti kishining barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, bortida olti kishi bo‘lgan Gulfstream G-100 samolyoti Bermuda ollaridan uchib chiqqanidan so‘ng halokatga uchragan. Samolyot parchalari Massachusets shtatidagi Nantaket qirg‘oqlari yaqinidan topilgan.
AQSH Sohil muhofazasi xizmati omon qolganlarni qidirish operatsiyasi yakunlanganini e’lon qilgan.
“Endilikda biz yurakni larzaga soluvchi haqiqat bilan yuzma-yuz kelishga majburmiz: “Heartbeat 104” bortida bo‘lgan Latitude jamoamizning to‘rt nafar a’zosi, bemorimiz va bemorning oila a’zosi halok bo‘lgan deb hisoblanmoqda”, deyiladi Latitude Air Ambulance tibbiyot muassasasi bayonotida.
Qayd etilishicha, bortda Kanadaning to‘rt nafar va Bermuda ollarining ikki nafar fuqarosi bo‘lgan. Ikki nafar uchuvchi va ikki nafar tibbiyot xodimi bemor va uning yaqinini olib kelish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amur viloyatida Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchragan edi. Oqibatda olti kishi halok bo‘lgan, bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Live
Barchasi