Ertaga Aripov Moskvaga safar qiladi
Jamiyat
−
09 iyul 2019
4305Avvalroq, O‘zbekiston Rsepublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvaga borishi va Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Moskvaga tashrifi yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda qayd etilishicha, joriy yilning 10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturida 30 may kuni Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi hududida “O‘zbekiston” paviloni ochilishida ishtirok etadi hamda qator korxona va tashkilotlarda bo‘ladi.
LiveBarchasi