Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
18 noyabr 2019
8278Gidrometeorologiya xizmati markazi 18-21 noyabr kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
18-19 noyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 20 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir (yomg‘ir, qor), 21 noyabrda esa joylarda qor yog‘adi. G‘arbiy shamolning tezligi 7-12 m/s, 20 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. 18–20 noyabr kunlari tunda harorat -2...-7 daraja, 21 noyabr -5...-10 daraja, 18-19 noyabr kunduzi +5...+10 daraja, 20–21 noyabr kunlari 0...+5 darajagacha tushadi.
Buxoro va Navoiy viloyati
18-19 noyabr kunlari qisman bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuztilmaydi, 20-21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin(yomg‘ir, qor). G‘arbiy shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. 18 noyabr kuni kechasi havo harorati 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 19 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 20 noyabrda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 21 noyabr kechasi va kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
18-19 noyabr kunlari qisman bulutli bo‘lib, yoningarchilik kutilmaydi, 20 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. 21 noyabrda esa joylarda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin. G‘arbiy shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda, 20-21 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. 18-19 noyabr kunlari harorat 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 20 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 21 noyabr kechasi va kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati
18-19 noyabr kunlari qisman bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, 20 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 21 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin. G‘arbiy shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda, 20-21 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. 18-19 noyabr kunlari harorat +2...+7 daraja, kunduzi +12...+17daraja, 20 noyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 21 noyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati
18-20 noyabr vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21 noyabrda yomg‘ir yog‘ishi va qorga o‘tishi mumkin. 21-noyabr g‘arbdan sekundiga 7-12 m/s tezlikda shamol esadi 15-20 m/sgacha kuchayadi. 18-20 noyabr kunlari harorat 0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 21 noyabrda +2...+7 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi
Respublikaning tog‘li hududlari
18-19 noyabr kunlari qisman bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmayapti. 20-21 noyabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi va ba’zi joylarda kuchayadi. G‘arbiy shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda, 20-21 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. 18-20 noyabr kunlari tunda harorat -2...+3 daraja, 21noyabrda -5...-10 daraja, kunduzi 18–19 noyabrda +7...+12 daraja va 20-21 noyabr kunlari -3...+2 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi