Putin bilan yakkama-yakka uchrashmang — Poroshenko
Olam
−
09 dekabr 2019
8379Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko bo‘lajak “normand to‘rtligi” sammitidan xavotirda va amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiyga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bermoqda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Eng muhim maslahat: Putinga ishonmaslik... Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bergan bo‘lardim”, degan Poroshenko.
Qolaversa, u Zelenskiyga uchrashuv kun tartibiga Rossiyaning Ukraina uchun foyda keltirmaydigan kelishuvlar to‘plamini shakllantirishiga imkon bermaslik uchun gaz masalasini kiritmaslikni maslahat bergan.
Ma’lumot o‘rnida, “Normand to‘rtligi” ko‘rinishidagi Ukraina bo‘yicha muzokaralar 2014 yil iyun oyidan buyon mavjud. Unda Rossiya, Germaniya, Ukraina va Fransiya yetakchilari Donbassdagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qiladilar. Navbatdagi sammit bugun, 9 dekabr kuni Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi