Haj va Umraga boradiganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, Haj va Umra tadbirlariga boradigan fuqarolar tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarida, murakkab va ziddiyatli holatlarda markaziy poliklinikalardan birida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ilgari tibbiy ko‘rikning barcha bosqichlari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Haj Umra

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing