Saudiya Arabistoni Ka’bani qo‘l bilan ushlashni taqiqladi

Olam

image

Saudiya Arabistoni hukumati kelgusi Haj mavsumida ziyoratchilarga Ka’bani qo‘l bilan ushlashni taqiqladi. Ushbu qaror butun dunyoda koronavirus pandemiyasi yana avj olib borayotgani ortidan qabul qilingan. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

Bu yil Haj mavsumi 28 iyuldan 2 avgustgacha o‘tkazish mo‘ljallangan.

“Ka’bani o‘pish yoki uni qo‘l bilan ushlashga urinish taqiqlanadi”, deyilgan Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari bo‘yicha vazirlikning xabarida.

Xavfsizlik maqsadida Ka’ba to‘siqlar bilan o‘rab qo‘yiladi.

Haj mavsumida ziyoratchilar Ka’bani 7 marotaba aylanish (tavof) chog‘ida Ka’bani o‘pish yoki uni qo‘li bilan ushlashga harakat qilishadi.

Diniy tadbirlarni amalga oshirish vaqtida musulmonlar soni bir vaqtning o‘zida 50 kishidan oshmasligi kerak, ular niqobda va ijtimoiy masofani saqlashi talab etiladi.

Arofat tepaligida ziyoratchilar shaharchasida chodirlar orasidagi masofa 1,5 metrdan kam bo‘lmasligi talab etilmoqda. Ziyoratchilarga muqaddas Zamzam suvi ham faqat bir martalik idishlarda beriladi.

Bundan avval, Saudiya Arabistoni hukumati bu yilgi Haj mavsumi xorijlik ziyoratchilarsiz o‘tishini e’lon qilgandi. Har yili 2 milliondan ortiq ziyoratchi ishtirokida o‘tgan Hajda bu yil 10 ming nafar musulmon qatnashadi. 

Saudiya Arabistoni arab davlatlari ichida koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha eng yuqori davlat bo‘lib turibdi. Mamlakatda 220 144 kishi virus yuqtirib olgan, ulardan 2059 nafari vafot etib, 158 050 kishi sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj Ka'ba

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing