Koronavirus Qozog‘istonda: pandemiya 3 ssenariyda rivojlanishi taxmin qilindi
Olam
−
30 iyun 2020
6970Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat uch ssenariy bo‘yicha rivojlanishi taxmin qilindi. Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy ko‘rilayotgan versiyalarni ma’lum qildi.
Birinchi ssenariyga ko‘ra, mamlakatda karantin cheklovlari o‘rnatilmaydi. Bu holda avgust oyiga borib, Qozog‘istonda koronavirus bemorlari soni kuniga 27 mingtaga ko‘payadi. Natijada 300 ming bemor uchun o‘rin tayyorlash kerak bo‘ladi.
Ikkinchi ssenariy,2 haftalik milliy lokdaun e’lon qilinadi. Shunda bemorlar sonining kunlik o‘sishi 7 mingga yetib, 80 ming to‘shak kerak bo‘ladi.
Uchinchi ssenariy, 4 haftalik qattiq karantin rejimi o‘rnatiladi. Bu holda kuniga 2,5 ming aniqlanadi. O‘z-o‘zidan zarur yotoqlar soni 30 minggacha qisqaradi.
Qozog‘istonda so‘nggi kunlarlda koronavirus bemorlari soni keskin ortib boryapti. Bugungacha 21 819 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 13 008 nafari sog‘aygan va 188 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi