Fransiyada soxta politsiyachi xitoyliklarni jarimaga tortdi
Olam
−
09 mart 2020
5606Fransiyada soxta politsiyachi xitoylik talabalarni jamoat joyida tibbiy niqob taqib yurgani uchun 150 yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda bugun, 9 mart kuni Xitoyning Parijdagi elchixonasi ma’lum qildi.
"Xitoylik talabalar jamoat joylarida yuzni yashirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanib 150 yevro miqdorida jarimaga tortildi. Politsiya va huquq-tartibot idoralari xodimlarining ta’kidlashicha, ulardan jarima undirgan odamlar soxta politsiyachi bo‘lib chiqqan. Shuni ta’kidlash kerakki, tibbiy sabablarga ko‘ra niqob taqish qonunga zid emas", deyiladi elchixona xabarida.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 110 337 nafarga yetgan. 3 831 nafar bemor vafot etgan. Bu virusdan tuzalganlar soni esa 62 397 tani tashkil qilmoqda. Bemorlarning 5 979 nafari yoki 14 foizi og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi