Makron Rinerning prezidentlik saylovlarida iştirok etiş qarorini olqişladi

Sport

−

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron dzyudo böyiça Olimpiya çempioni Teddi Rinerning 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodini qöyiş qarorini olqişladi. Bu haqda Makron “France 5” telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

“Buyuk çempion Teddi Riner kabi insonning prezidentlik saylovlari muhokamasida iştirok etişga, öz qaraşlari, ğoyalari va iste’dodini namoyon etişga qaror qilganidan juda xursandman. Bu, şubhasiz, mamlakat uçun foydali böladi”, deydi Makron.

Fransiya Prezidenti yangi nomzodning dastlabki bayonotlari va saylovdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirişdan tiyilgan. U prezidentlik kampaniyasiga aralaşişni istamasligini ta’kidlagan.

Şu bilan birga, Makron Rinerni buyuk sportçi va “mamlakat faxri” deb atagan. Şuningdek, “millat hayoti faqat professional siyosatçilarga tegişli emas”ligini ta’kidlab, özining 2017 yilgi prezidentlik saylovlaridagi iştirokini misol qilib keltirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Riner prezidentlik saylovlarida nomzodini qöyiş niyati borligini ma’lum qilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videomurojaatida sportçi siyosiy tajribaga ega emasligini tan olgan. Biroq uning fikriça, oğir iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, şuningdek, jamiyatdagi bölinişlar şaroitida Fransiyaga “ma’ruza öqib, bekor yuradigan professional siyosatçilar emas”, balki “soğlom fikr, qat’iyat, adolat va tartibni tiklaydigan davlat” kerak.

37 yoşli dzyudoçi beş karra Olimpiya çempioni bölib, Fransiyaning eng maşhur şaxslari reytinglarida muntazam ravişda yuqori örinlarni egallab keladi.

“Harris Interactive” kompaniyasi tomonidan keça, 9 noyabr kuni ötkazilgan sönggi sörov natijalariga köra, sörovda qatnaşgan 1000 nafar katta yoşli fransuzning 10 foizi Rinerga ovoz beriş ehtimoli yuqori ekanini bildirgan. Biroq kompaniya bu körsatkiç faqat nomzodning “saylov salohiyati”ni aks ettirişini ta’kidlagan.

Reytingda öng qanotdagi “Milliy birlaşuv” partiyasi vakili Marin Le Pen yetakçilik qilmoqda. Sörov iştirokçilarining 46 foizi unga ovoz berişga tayyorligini bildirgan.

Fransiya prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçi 2027 yil 18 aprel kuniga belgilangan. Agar nomzodlardan heç biri 50 foizdan ortiq ovoz töplay olmasa, eng köp ovoz olgan ikki nomzod 2 may kuni ikkinçi bosqiçda iştirok etadi.

Ma’lumot uçun, Riner 2012, 2016 va 2024 yilgi Olimpiadalarda 100 kg dan ortiq vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan, şuningdek, Tokio va Parijda jamoaviy turnirlarda zafar quçgan. E’tiborli jihati şundaki, Teddi Riner 2008 yilda Pekinda bölib ötgan Olimpiya öyinlarida bronza medalini qölga kiritgan. Öşanda 19 yoşli Riner 100 kg dan ortiq vazn toifasida yarim finalgaça yetib borib, özbekistonlik dzyudoçi Abdulla Tangriyevga yutqazib qöygan. Tangriyev oltin medal uçun keçgan keskin bellaşuvda Yaponiya vakili Satoşi Işiiga mağlub bölib, faoliyatidagi eng yuqori Olimpiya mukofoti – kumuş medalga ega çiqqan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing