Koronavirusga chalinganlar 100 mingdan oshdi. U AQSHning biologik qurolimi?
Tahlil
−
06 mart 2020
33895Koronavirus butun dunyoda eng dolzarb muammo bo‘lib turibdi. Butun jahon mamlakatlariga siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda katta zarba berayotgan virus ko‘plab bahs-munozaralar va mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Siyosatchilardan tortib oddiy odamlargacha bu virus qanday kelib chiqani bo‘yicha o‘z taxminlarini aytmoqda. Kimdir buni kimyo kombinatidagi baxtsiz hodisa desa, yana kimdir virus kelib chiqishini xitoyliklarning yashash tarziga bog‘laydi. Ushbu virusni AQSHning biologik quroli sifatida ham talqin qilayotganlar bor. Tilga olingan so‘nggi taxminni qo‘llab-quvvatlayotganlar esa oz emas.
Bilamizki, siyosatda “do‘st” va “dushman” degan tushunchalar yo‘q. Siyosatda faqat manfaatlar bor. Davlatlar o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, o‘z ichki va tashqi siyosatini olib boradi. Avvallari mamlakatlar o‘z manfaatiga erishish yo‘lida harbiy kuchdan foydalangan. Hozir hammasi o‘zgacha. Maqsadga erishish uchun katta axborot xuruji yoki koronavirusga o‘xshash biologik qurol bo‘lsa bas.
KORONAVIRUS BIOLOGIK QUROLMI?
Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy dushman mamlakatning “belini” sindirish, buning ustiga yana o‘sha mamlakatga vaksina sotish orqali mo‘may daromad topish kimga ham yoqmaydi deysiz.
Hozir dunyodagi AQSH bilan bog‘liq holatlar juda qiziq tarzda kechmoqda. Suriyada faqatgina Turkiya va Rossiya qoldi. Eron bilan ehtimoliy urush to‘xtatildi. Hozirda yangi yadro shartnomasi tuzish bo‘yicha ishlar ketmoqda. 29 fevralda esa AQSH “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzoladi. Hamma joy tinchigandek go‘yo. Lekin AQSH boshqa front ochmaganini hech kim aniq aytolmaydi. Hozirgi kunda Xitoy AQSHning ham iqtisodiy, ham siyosiy eng yirik raqibi. 2000-yillar davomida dunyo bozorini AQSHdan ochiqchasiga tortib olgan davlat ham aynan Xitoy. AQSH tabiiyki boshqa davlat soyasida qolishni hohlamaydi. Koronavirus esa uning yuziga tushayotgan soyani daf qilishga yordam berishi mumkin.
Ushbu virusning AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi davrida yuzaga chiqqani ba’zi taxminlarimizni oqlagandek go‘yo. Keling, bunday mulohazamizni davom ettirishdan oldin yaqin tarixga murojaat qilsak.
AQSHNING BIOLOGIK “O‘YINCHOQLARI”
2003 yil Xitoy dunyodagi dollarning eng katta zaxirasiga ega ekanligini e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay, Xitoyda SARS virusi paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, Xitoy o‘zining ulkan valyuta manbalarini vaksina sotib olishga sarfladi. 2005 yil Misr parranda go‘shti, xususan tovuq mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashni e’lon qildi. Bungacha u AQSH va Fransiyadan ushbu mahsulotlarni doimiy import qilar edi. Shundan so‘ng, 2006 yil fevral oyida Misrda parranda grippi (H5N1) aniqlandi. Qisqa vaqt ichida mamlakatdagi eng katta tovuq fermalari yopildi, millionlab parrandalar yo‘q qilindi. Tovuq mahsulotlari eksporti keskin kamaydi. Mamlakat iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘rdi.
Koronavirus sabab neft narxi ham tushib bormoqda. Ayni jarayon AQSH uchun ayni muddao. Bilamizki, AQSH katta neft zaxirasiga ega bo‘lishiga qaramay, ushbu mahsulotni katta hajmda import qiladi. Shunday ekan neft qanchalik arzon bo‘lsa, AQSH shuncha mamnun. Hozirda koronavirus sabab Xitoyning neftga bo‘lgan ehtiyoji 3 million barrelga yoki umumiy ehtiyojning 20% ga qisqarishiga olib keldi. Rossiya va Venesuela kabi Xitoyga katta hajmda neft eksport qiluvchi davlatlar esa noiloj neft narxini tushiradi. Bu koronavirusdek chegara bilmas o‘q bilan uch “quyon” urildi degani.
Fevral oyi boshlarida Suriyaning "As-Saura" gazetasi o‘z maqolasida Qo‘shma Shtatlar koronavirus epidemiyasini "Xitoyning iqtisodiyotiga zarba berish uchun" kiritgani haqida ta’kidlab o‘tdi.
“Ebola, Zika, SARS, parranda grippi, cho‘chqa grippi va koronavirus kabi kasalliklarning barchasi AQSH tomonidan laboratoriyalarda yaratilib, boshqa mamlakatlarga tahdid solish maqsadida tarqatildi. Amerika biologik urushning bu turini birinchilardan bo‘lib boshladi va dunyo miqyosidagi o‘yin qonunlarini o‘z foydasiga o‘zgartirishga harakat qilmoqda”, deyiladi ushbu gazetadagi maqolada.
NEGA AYNAN UXAN?
Misrning “Veto Gate” portlani yuqoridagi fikrga qo‘shilgan holda bu virus nega aynan Uxan shahridan tarqalganini izohladi.
“Uxan – bugungi kunda koronavirus o‘chog‘i sifatida tanilgan shahar. U Xitoyning eng boy sakkizinchi shahri hisoblanadi. Uxanning Xitoy yirik shaharlari ro‘yxatidagi mavqei uni amerikancha “o‘yin” uchun qulay joyga aylantiradi. Shubhasiz bu shaharga Pekin, Shanxay, Guanchjou singari alohida e’tibor berilmaydi. Shuningdek, ushbu shaharda tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi Xitoyning boshqa yirik va muhim shaharlariga qaraganda ancha past”, deb yozadi portal o‘z maqolasida.
TRAMPGA KORONAVIRUS KERAK
Xitoyda jamoatchilik yangi virus sabab o‘z hukumatiga nisbatan ishonchni yoqotishi mumkin. Lekin bu virus AQSH Prezidenti Donald Trampga katta yordam beradi. 2020 yilgi prezidentlik saylovlari vaqtida bu virus sabab ommaviy to‘planishlar taqiqlanishi mumkin. Bu esa amaldagi prezidentning raqiblari o‘z saylov kompaniyalarini ko‘ngildagidek o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday paytda Tramp siyosiy piarni osongina amalga oshirib, o‘z reputatsiyasini ko‘tarib olishi mumkin. Buning uchun u virusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarorga imzo cheksa bas.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 10 mingdan oshdi. Ushbu kasallikdan 3405 kishi vafot etdi. 55570 bemor esa shifo topgan. Bemorlarning 6 272 nafari yoki 16 foizi og‘ir ahvolda deb baholanmoqda.
Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80559 bemor – 3042 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (6593 – 42), Italiya (3858 – 351), Eron (3513 – 108), Yaponiya (1000 – 29), Germaniya (534 – 0), Fransiya (423 – 23), Ispaniya (248 – 7), AQSH (233 – 14), Singapur (117 – 0), Gonkong (105 – 2).
LiveBarchasi