Xitoy va AQSH dunyoning ikki super kuchi, uchinchisi yo‘q – Aliyev

Olam

−

image
“Ishimizga aralashmang!” Aliyev Turkiya va Erdo‘g‘anga “namyok” qildimi? north_east

“Ishimizga aralashmang!” Aliyev Turkiya va Erdo‘g‘anga “namyok” qildimi?

Xitoy va AQSH dunyoning ikki super kuchi, uchinchisi yo‘q. Shuningdek, ushbu mamlakatlar o‘rtasida muayyan masalalar muhokama qilinadi va raqobat mavjud. Bu haqda joriy yilning 2 oktyabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “Yangi Ozarbayjon” partiyasining VIII s’ezdida gapirdi.

“Bizda Yevropa Ittifoqiga a’zo ko‘plab mamlakatlar bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya va shartnomalar mavjud. Ozarbayjon 10 ta a’zo mamlakat bilan shunday formatga ega. Aytishim mumkinki, so‘nggi vaqtlarda ikkita tarixiy voqea sodir bo‘ldi: biz Xitoy va Amerika bilan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdik”, deydi Aliyev. 

Ozarbayjon Prezidentining aytishicha, Xitoy bilan Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan esa Strategik xartiya imzolangan. Bular dunyoning ikki super kuchi, uchinchisi yo‘q – bu haqiqat. Albatta, ushbu mamlakatlar o‘rtasida muayyan masalalar muhokama qilinadi va raqobat mavjud. Mazkur mamlakatlar tomonidan qoidalarning yagona tushunish asosida belgilanishi butun dunyo uchun eng muhim omil bo‘lishi mumkin.  

“Ana shu ikki davlat bilan Ozarbayjon strategik sherik hisoblanadi. Ya’ni aholimiz, hududimiz u qadar katta emas. Bu nima? Bu – bizga bo‘lgan ishonch, bizga bo‘lgan munosabat, so‘zimizga bo‘lgan ishonchdir. Dunyoda so‘zimizning qiymati imzomiz bilan bir xil ekanini bilmaydigan hech kim qolmadi. Aytilgan barcha narsani bajaramiz. Biz hech qachon qo‘shaloq o‘yinlar o‘ynamaganmiz. Hech bir mamlakatga nisbatan hech qachon ikkiyuzlamachilik, munofiqlik qilmaganmiz. Garchi bunday munosabatga bir necha bor duch kelgan bo‘lsak-da va bugun ham duch kelishda davom etmoqdamiz. Biroq biz hech qachon ular kabi bo‘la olmaymiz. Biz – o‘zini hurmat qiladigan insonlarmiz, biz qadr-qimmat bilan yashaymiz va siyosatimizni munosib tarzda olib boramiz. Bizning misolimizda har bir kishi buning imkoni borligiga ishonch hosil qilishi mumkin”, deydi Ozarbayjon yetakchisi. 

U misol sifatida Ozarbayjon bir o‘zi dushmanni mag‘lubiyatga uchratganini, dushmanga o‘z shartlarini o‘tkazganini aytgan.

“Bir o‘zing dushmanni mag‘lubiyatga uchratish, dushmanga o‘z shartlaringni o‘tkazish, 30 yil davomida senga azob-uqubat yetkazganiga qaramay, uni kapitulyatsiya to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolashga majbur qilish va so‘ng kerakli paytda to‘xtash, boshqa qon to‘kilmasligi uchun tinchlikka erishish. Chunkiy bizga abadiy urush kerak emas, bu bizning tanlovimiz emas edi. Ikkinchi Qorabog‘ urushida biz kerakli vaqtda to‘xtadik va 2023 yil sentyabrida ham kerakli vaqtda to‘xtadik. Garchi turli variantlar bo‘lgan bo‘lsa-da. Biroq aynan uzoqni ko‘ra bilish, strategik fikrlash va xalqimizning asosiy manfaatlarini hisobga olish shunday siyosatni belgilaydi.

Siyosatda his-tuyg‘ularga o‘rin yo‘q. Agar his-tuyg‘ularga berilganimizda, bugun, ehtimol, uchinchi G‘alaba arkasini Yerevan markazida tiklagan bo‘lar edik”, deydi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, kecha, 2 oktyabr kuni Bakudagi Haydar Aliyev markazida hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasining VIII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Partiyaning tuman va shahar tashkilotlaridan s’ezdga 960 nafar delegat saylangan. VIII s’ezdga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 7 sentyabrdan 19 sentyabrgacha partiyaning 84 ta mahalliy tashkilotida hisobot konferensiyalari bo‘lib o‘tgan va ularda jami 16 239 kishi ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Ilhom Aliyev ushbu s’ezdda Qorabog‘dagi urush uchun barcha aybni Armanistonning avvalgi rahbariyati zimmasiga yuklab bo‘lmasligini, biroq mamlakat sobiq rahbarlarining barchasi harbiy jinoyatchilar va munosib jazolarini olishlari kerakligini, shuningdek, mamlakat harbiy g‘alabalarga o‘z kuchi bilan erishganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing