AQSH va Rossiya ko‘p mlrd dollarlik neft bitimini muhokama qilmoqda – OAV

Olam

−

image

AQSH va Rossiya “Lukoyl” kompaniyasi aktivlari ishtirokida ko‘p milliard dollarlik neft bitimini muhokama qilmoqda. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

“Moskva va Vashingtonning Ukraina bo‘yicha muzokaralari kengaydi va endilikda ko‘p milliard dollarlik neft bitimini ham o‘z ichiga olmoqda”, deb yozadi nashr. 

Muzokaralar borishi bilan tanish bo‘lgan nashr manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, gap “Lukoyl”ga tegishli bo‘lgan neft konlari, neftni qayta ishlash zavodlari va yonilg‘i quyish shoxobchalari, jumladan, AQSHdagi AYOQSHlar, Sharqiy Yevropadagi NQIZ va boshqa mintaqalardagi konlar haqida bormoqda.

Qayd etilishicha, AQSH ehtimoliy bitimni Ukrainadagi harbiy harakatlar tugashidan oldinroq tuzishni taklif qilgan. AQSH ushbu bitimda Xalqaro moliyaviy rivojlanish korporatsiyasi orqali ishtirok etmoqda, shuningdek, amerikalik moliyachi Todd Bouli, Qatar va Amirliklar tadbirkorlari ham ishtirokchi sifatida tilga olinmoqda.

Bitim haqidagi masala sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan uchrashuvida ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, “Lukoyl” – dunyodagi eng yirik integratsiyalashgan neft-gaz kompaniyalaridan biridir. Uning hissasiga jahon neft qazib olish hajmining 2 foizdan ortig‘i va uglevodorod zaxiralarining qariyb 1 foizi to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing