Putinni sudga berishdi

Olam

image

Rossiya Kommunistik partiya fraksiyasining deputatlari Yevgeniy Stupin va Oleg Sheremetev, shuningdek, siyosatshunos Valeriy Solovey va advokat Sergey Bocharov Prezident Vladimir Putinning 1 iyul kuni konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar bo‘yicha ovoz berish jarayonini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonini bekor qilish talabi bilan Oliy sudga murojaat qildi. Bu haqda Znak.com xabar bermoqda.

"Sabab shundaki, har kuni o‘nlab, ba’zida yuzlab odamlar aniqlanmagan virusdan hayotdan ko‘z yummoqda. Bunday sharoitda ovoz berish jarayonini o‘tkazish – jinoyatdir. Putinning farmonini bekor qilish, ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qoladi”, deb yozadi da’vo mualliflaridan biri Facebook’dagi o‘z sahifasida.

Xuddi shunga o‘xshash talablar bilan Putinga qarshi yana bir da’vo Rossiya Federatsiyasining Kirov viloyati "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati" jamoat tashkiloti rahbari Gennadiy Rudyak tomonidan Oliy sudga topshirildi. 16 iyun kuni da’vo arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilib, sudyaga berildi. Biroq Oliy sud Rudyakning da’vosini qabul qilishdan bosh tortdi.

14 mart kuni Putin Konstitutsiyaga bir necha o‘nlab tuzatishlar kiritdi. Hujjat Konstitutsiyaviy sud tomonidan ma’qullangan. Taklif qilinayotgan tuzatishlar bo‘yicha butun Rossiya bo‘ylab ovoz berish 1 iyulga belgilangan. Asosiy tuzatish Putinning Prezidentlikka qayta saylanishiga va 2036 yilgacha hokimiyatda bo‘lishiga imkon beradi.

18 iyun holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 561 ming kishini tashkil qildi (dunyoda uchinchi o‘rin). 314 ming kishi sog‘ayib, 7 660 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Rossiya Putin

Baholaganlar

419

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing