Mirziyoyev 575 nafar fuqaroni afv etdi
Jamiyat
−
03 iyun 2019
4454O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev муборак Ramazon hayitini nishonlash arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 575 nafar fuqaro afv этилди. Ularning 361 nafari jazodan to‘liq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag‘riga qaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil этади.
Ma’lumot uchun, oldinroq, Ramazon hayiti arafasi bahonasida Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov Oliy sud, qolaversa Toshkent shahri va viloyati sudlarida faoliyat yuritayotgan аёл sudyalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Zangiota tumanida joylashgan ayollar jazo o‘tayotgan muassasada bo‘lib, ochiq muloqot o‘tkazgan edi.
O‘shanda jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi ham o‘tkazilib, unda jami 19 nafar аёл jazodan ozod etilib, uyiga – oilasi bag‘riga qaytarilgan edi.
LiveBarchasi