BAA investorlari Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
22:28 266 1 daqiqa
Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda “Masdar” bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiy va “AMEA Power” raisi Husayn Al Novays ishtirok etgan.

Muloqot chog‘ida Amirliklar bilan strategik sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 40 foizga o‘sgan. Yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Suhbat yakunida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, tarmoqlar va sanoat kooperatsiyasi, turizm va xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlardagi loyihalarni jadallashtirish hamda kengaytirishga kelishib olingan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr