Shavkat Mirziyoyev “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi
Jamiyat
−
21:18 380 1 daqiqa
Bugun, 16 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilingan.

So‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni kompaniyalarining mamlakat bozoriga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Buning natijasida “yashil” energetika, zamonaviy infratuzilmalar, yuqori texnologiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga tayyor ekanini qayd etgan.
Uchrashuv yakunida saudiyalik investorlar O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti uchun yana bir bor minnatdorlik bildirgan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr