Prezident “Cengiz Holding” boshqaruvi raisini qabul qildi
Jamiyat
−
21:24 283 1 daqiqa
Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashi doirasida “Cengiz Holding” boshqaruvi raisi Mehmet Jengizni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi oshib, yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

“Cengiz Holding” bilan muloqot davomida energetika, geologiya va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarini barpo etish hamda elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilgan.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr