Prezident “SOCAR” rahbari va “British Petroleum” katta vitse-prezidentini qabul qildi
Jamiyat
−
22:21 306 1 daqiqa
Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi rahbari Rovshan Najaf va “British Petroleum” kompaniyasining katta vitse-prezidenti Jovanni Kristofolini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida energetika sohasida ushbu yetakchi kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha navbatdagi amaliy chora-tadbirlar muhokama qilingan. Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyasi ushbu yirik loyihaga qo‘shilgani yuqori baholangan.
Neft-gaz sohasida yangi loyihalarni ilgari surish, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berish va sotish tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida “British Petroleum” kompaniyasi O‘zbekistonning Shimoliy Ustyurt neft-gaz mintaqasidagi oltita blok bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitim (MTB) imzolagani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr