“Amirsoy”da 34 yoshli erkak to‘satdan vafot etdi
Jamiyat
−
17 fevral 2020
10801Kecha, 16 fevral kuni “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurortida 34 yoshli erkak to‘satdan vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 15:05 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A. dam olish maskanida to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra vafot etishiga sabab “yurak xastaligi” ekani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurorti 2019 yilning 21 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan. Joriy yilning 7 yavanr kuni kurortining chang‘i uchish trassasida bir odam halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi