Neft bozorida pasayish boshlandi

Olam

image

Neftning eng sara kotirovkalari narxi qisqa ko‘tarilishdan keyin tusha boshladi. Bunga Saudiya Arabistoni neft qazib olishni ko‘paytirgani haqidagi axborotlar sabab bo‘ldi. Shu bilan birga o‘tgan hafta yakunlariga ko‘ra, neft bozori 2019 yil yanvardan beri rekord darajada o‘sdi.

Kun o‘rtasiga borib, Brent neftining narxi bir barreli uchun 63,93 dollargacha pasaydi. Oldingi sessiyada kontrakt narxi bir barrel uchun 64, 77 dollargacha ko‘tarilgandi.

Shu vaqtda Nyu-York tovar-xomashyo birjasida WTI markali neft narxi ham bir barreli uchun 57,97 dollargacha pasaydi. Kecha, 23 sentyabr kuni WTI 58,64 dollargacha qimmatlagandi.

Neft bozoridagi pasayish 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining energetika infratuzilmalariga uyushtirilgan hujumdan keyin qayta ishlab chiqarishni tiklashi bilan bog‘liq. Podshohlik asosiy qazib olish kuchlarini tikladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi hududiga dronlar orqali hujum qilinishi natijasida portlash yuz berdi va yong‘in chiqdi. Shundan so‘ng, mamlakat neft qazib olishni ikki marta kamaytirishga majbur bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiylar harakati “Ansar Alloh” o‘z zimmasiga oldi. AQSH esa bu hujumda Eronning ham “qo‘li bor” deb, hisoblayapti. Shu sababdan “Sem amaki” Yaqin Sharqga Saudiyani himoya qilish uchun qo‘shimcha kuch yuborish niyatida.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni neft'

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing