Yashnobodda MOda yagona ayollardagi saratonni davolovchi markaz ochiladi
Jamiyat
−
26 iyul 2019
5328Poytaxt Toshkentning Yashnobod tumanida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Ayollar sog‘lomlashtirish markazi qurilmoqda. Ushbu markaz joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Bu haqda tuman hokimi Hojiarbar Tillashayxov “Sputnik” muxbiriga so‘zlab bergan.
Ushbu ayollar salomatligi reproduktiv markazi – ayollar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga ixtisoslashgan zamonaviy muassasa bo‘lib, bunda ayollar saraton kasalligiga qarshi davolanishlari mumkin.
Shuningdek, markazda bepushtlik, estetik jarrohlik amaliyoti ham amalga oshiriladi. Markaz rahbari Dilorom Davletovaning aytishicha, muassasaga hamshiralarni bu markazda ishlashga tayyorlash uchun Rossiya va Germaniyadan mutaxassislar jalb qilingan.
Germaniyadan keltirilgan qimmatbaho tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bu muassasa Markaziy Osiyoda yagona bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta o‘lim qayd etilgan. Vafot etganlarning 62,1%i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5%i – o‘simtalardan, 5,3%i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,5%i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5,4%i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4%i – yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,8%i – boshqa kasalliklardan vafot etgan.
LiveBarchasi