Habib O‘zbekistonda akademiya ochib, UFC musobaqasini o‘tkazmoqchi (video)

Sport

UFC Prezidenti Habibning bo‘lajak janglari haqida gapirdi north_east

UFC Prezidenti Habibning bo‘lajak janglari haqida gapirdi

Rossiyalik sportchi, mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasida chempioni Habib Nurmuhamedov O‘zbekistonda jang san’atini o‘rgatuvchi akademiyasini ochmoqchi. Bu haqda uning o‘zi “Synergy Global Forum” anjumanidan keyin aytib o‘tgan.

“MMA`ni rivojlantiramiz, akademiya ochamiz. Bu borada O‘zbekistonda do‘stlarimiz va muxlislarimiz ko‘p. Dunyoning qayeriga bormay, o‘zbeklar kelib, omad tilaydi”, dedi Habib.

Sportchi 2020-2021 yillarda O‘zbekiston tarixida ilk bor GFC musobaqasi o‘tkazishni rejalashtiryapti. Musobaqa “Humo Arena”da o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7sentyabr kuni UFC`ning yengil vazn toifasida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi jang o‘tkazdi. 

Habibning ustunligida kechgan jangda, rossiyalik sportchi raqibini bo‘g‘uvchi usuli bilan yengdi.


Maqola muallifi

Teglar

akademiya Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing