Biznesmen aliment to‘lamaslik uchun 750 ming dollarni yoqib yubordi
Olam
−
06 fevral 2020
8338Ottava merligiga sobiq nomzod, biznesmen Bryus Makkonvilning so‘zlariga ko‘ra, xotini ajrashganidan hafsalasi pir bo‘lgan. U sobiq turmush o‘rtog‘iga aliment pullarini to‘lamaslik uchun bir million kanada dollarini (taxminan 750 ming dollar) yoqib yuborgan. Bu haqda “Ottawa Citizen” gazetasi xabar bermoqda.
Ajrashish jarayoni boshlanganida 55 yoshli Makkonvil o‘zining sobiq rafiqasiga pul to‘lash moyilligi yo‘q edi. Shu sabab sudga o‘zining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berishni qat’iyan rad etdi. Sud uning mol-mulkini sotishni cheklashga qaror qildi. Ammo u bu safar ham sudning talabini e’tiborsiz qoldirdi va mol-mulkni o‘zining sobiq hisobchisiga sotib yubordi.
Shundan so‘ng, tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u sobiq rafiqasiga hech narsa qoldirmaslikka qaror qildi. Shu maqsadda hisob-raqamlardagi pullarni yechib oldi va ularni yoqib yuborishga ahd etdi. Bundan tashqari, u buni kamida ikki marta qilganini ta’kidlamoqda: 23 sentyabr kuni 743 ming, ikkinchi safar, 15 dekabr kuni 296 ming kanada dollarini yoqib yuborgan.
Ammo biznesmen sud jarayoni davomida hech qanday dalil keltira olmadi: na video, va na guvohlar taqdim etilmadi. Shuningdek, u sudyani ham ishontira olmadi. Shu sabab o‘zining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlarni yashirishga uringani uchun 30 kunlik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Bryus Makkonvilga qamoq jazosidan tashqari, moliyaviy ishlari to‘g‘risida hisobot kechiktiriladigan bo‘lsa, har bir kun uchun 2000 dollar jarima jazosi ham tayinlandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr