Litsey va maktab bitiruvchilari OTMga imtihonsiz qabul qilinishi rostmi?
Jamiyat
−
08 aprel 2020
15717Ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shu masalada rasmiy axborot berdi.
Unga ko‘ra, umumta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi haqiqatga ziddir. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bunday xabar tarqatilmagan.
“Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganligini ma’lum qiladi. Abituriyentlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 16 martdan barcha ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari даволанди, 3 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr