O‘zbekiston OTMlarida o‘quv yili 2 sentyabrdan boshlanishi rostmi? Vazirlik izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qish 2020 yilning 2 sentyabridan boshlanishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur xabarlarni asossizligini ma’lum qildi.

"Talabalarning oliy ta’lim muassasalariga qaytishi Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi karantin holatining bekor qilinishiga bog‘liq" deyiladi vazirlik xabarida

Ta’kidlashicha, vazirlik “Mening Yurtim” telekanali bilan hamkorlikda “Auditoriya”, “UzReport” telekanali bilan hamkorlikda “Teledars” ko‘rsatuvlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Telegram messenjerida @education_online kanali tashkil etilgan. 

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi aholi o‘rtasida vahima tarqalishiga sabab bo‘ladigan ma’lumotlar tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yuqumli kasalliklar haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jazo kuchaytirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Yolg'on ma'lumot

Baholaganlar

453

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing