Rossiyada COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini. Putin tayyor turishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sog‘liqni saqlash vazirligini 2020 yil oktyabr-noyabr oylarida mumkin bo‘lgan ikkinchi koronavirus to‘lqiniga tayyor bo‘lishga chaqirdi.

Rossiya Federatsiyasida sanitariya-epidemiologik vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin tibbiy muassasalar faoliyatini to‘liq tiklash uchun tayyorgarlik ishlarini boshlash zarurligiga rozi bo‘ldi.

"Men hamkasblarimizning e’tiborini, birinchi navbatda, sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Albertovich Murashkoga qaratmoqchiman. Koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakligi bilan bir qatorda, biz hali-hanuz yashayotgan cheklovlar rejimidan asta-sekin chiqib ketish haqida o‘ylashimiz kerak. Ekspertlarning ta’kidlashicha, kuzda, oktyabr oyining oxirida - noyabrda yana bir to‘lqin bo‘lishi mumkin", dedi Putin.

22 may kungi holatga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 326 448 kishi chalindi. Zararlanganlardan 99 825 kishi shifo topgan bo‘lsa, 3 249 kishi olamdan o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

460

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing