SSV “Skorыy” va Epica to‘qnashuvi jabrlanuvchilari haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida Tez tibbiy yordam mashinasi va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar bergan edik. Hodisada 5 kishi jarohatlangandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi YTH jabrlanuvchilari haqida ma’lumot berdi.

Jarohatlangan 5 kishi zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Jarohatlanganlardan biri ko‘chma brigada shifokori, 32 yoshli U.U.ning ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli uyiga javob berilgan. Tezkor  brigada feldsheri, 20 yoshli O.O., tez yordam avtomashinasi haydovchisi, 55 yoshli I.G. hamda Epica haydovchisi va yo‘lovchisi: 46 yoshli N.S. va 20 yoshli M.A. esa markazning neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Hozirda yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

596

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing