Lukashenko Rossiyaga jiddiy hazil qildi

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasini o‘z mamlakatiga qo‘shishni taklif qildi. Lukashenko bunga Belarus va Rossiyadagi muxolifat ham qarshi bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

“Yagona davlat masalasida Rossiyada qabul qilinadigan eng oddiy usul, albatta, Belarusda ham: siz (Rossiya) Belarus tarkibig qo‘shiladi. Nima rossiyaliklar qarshi bo‘ladimi? Yo‘q. Qarshi bo‘layotgan belaruslar (muxolifat) ham rozi. Eshiting: Rossiya Belarus tarkibiga qo‘shiladi”, degan kulib Lukashenko “Exo Moskva” radiostansiyasi eshittiruvida.

Joriy yil oxirigacha ikki mamlakatning iqtisodiy tizimlarini bir-biriga yaqinlashtirish rejasi imzolanishi taxmin qilingan edi. Biroq yo‘l xaritalarini tasdiqlash davom etmoqda. Imzolanishi lozim bo‘lgan hujjatlar orasida Belarusga yetkazib beriladigan gaz narxi, shuningdek, yagona soliq qoidalarini yaratish masalalari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing