Qashqadaryoda Nexia va Lacetti to‘qnashdi. Qurbon bor
Jamiyat
−
09 Sentyabr 2020 10061 1 daqiqa
Qashqadaryoda Lacetti avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi sababli Nexia bilan to‘qnashishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 8 sentyabr kuni soat 15:00 larda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida 1994 yilda tug‘ilgan Sh.G‘. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil harakat vaqtida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Natijada uning qarshisidan kelayotgan 1995 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 25 yoshli Nexia haydovchisi D.M. og‘ir tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Lacetti haydovchisi 26 yoshli Sh.G‘. esa shifoxonaga yotqizilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sh.G‘. bir yil mobaynida 5 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.
Ushbu YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr