Amerikalik eng keksa gangster vafot etdi

Olam

image

Nyu-York shifoxonalardan birida “Sonni” laqabi bilan mashhur bo‘lgan katta Jon Franseze vafot etdi. U 104 yoshda edi. Bu haqida “Sky News” xabar bermoqda.

U 1917 yilning 6 fevral kuni Italiyaning Neapol shahrida tavallud topgan. Franseze keyinchalik Bruklinda istiqomat qildi. 

Franseze 33 yoshida Kolombo mafiya oilasining faoliyatida qatnasha boshlaydi. U 90-yillar o‘rtasida ushbu oila iyerarxiyasining ikkinchi odamiga aylanadi.

Gangster bir necha marotaba sudlanadi. Jumladan, unga bankni o‘marish va qotillik ayblovlarini qo‘yishadi. Oxirgi bor unga 2011 yilda sud hukmi o‘qiladi, biroq 2017 yilda yoshi keksayib qolgani sabab ozod etiladi. 

Fransezedan uch nafar o‘g‘il, ikki qiz, ko‘plab nevara va evaralar qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

mafiya

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing