O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 144 nafarga ortib, 10 982 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 

•    113 nafari Toshkent shahrida (shundan 37 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 76 nafari aholi orasida); 

•    9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);

•    22 nafari Samarqand viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, jami 77 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda ayni paytgacha 6 888 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 4 052 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing