Nega aynan 20 kun? O‘zbekiston to‘liq karantinga qaytgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
63953O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi.
O‘zbekiston dunyo bo‘yicha to‘liq karantin choralariga qaytayotgan ikkinchi mamlakat bo‘lmoqda. Ushbu ro‘yxat boshida Qozog‘iston turibdi. Joriy yilning 5 iyul kuni Qozog‘istonda ham ikki haftalik kuchaytirilgan karantin e’lon qilingan edi.
Xo‘sh, O‘zbekiston nima uchun yana 20 kunlik karantinga qaytmoqda? Nega aynan 20 kun? Buni Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov quyidagicha izohladi:
“20 kunlik karantinning joriy etilishi — nafaqat kasallik zanjirining uzilishiga, balki shifokorlarning ham ozgina dam olishiga sharoit yaratadi.
Chunki shifokorlarimiz nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan ham charchadilar. Ular qanday mas’uliyat bilan ishlayotganini hamma yaxshi biladi. Bularning hammasi ana shu 20 kunlik qat’iy karantin rejasidan o‘rin olgan”.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari so‘nggi kunlarda jiddiy o‘sib borayotgani, xususan 1 iyuldan 6 iyulga qadar 1859 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani, kunlik o‘sish hajmi 4 barobarga oshib ketgani, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar orasida o‘lim darajasining keskin oshganligi – 10 nafar fuqaro barvaqt hayotdan ko‘z yumgani, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi karantin cheklovlarini qaytadan kuchaytirishni taqazo etgan.
LiveBarchasi