Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun kunning birinchi yarmida davlat rahbari Mintaqaviy ekologik sammitning ochilish marosimida ishtirok etdi, “YeXPO” xalqaro ko‘rgazmalar markaziga tashrif buyurib, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning milliy pavilonlari bilan tanishdi hamda BMTning Atrof-muhit dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan uchrashdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston yetakchisi Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Tadbirlar yakunlangach, Prezident Toshkentga jo‘nab ketgan. Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev ekologik sammit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing